Konte operatsiyadan so'ng muxlislarga murojaat qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

Londonning “Tottenxem” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte o't pufagini olib tashlash bo'yicha muvaffaqiyatli operatsiyadan so'ng, muxlislarga murojaat qildi.
“Ajoyib postlaringiz uchun rahmat. Operatsiyam yaxshi o'tdi va o'zimni allaqachon yaxshi his qilyapman. Endi o'zimga kelishim kerak. Jamoa bilan ishlashga qaytishni kuta olmayman", degan murabbiy o'zining sahifasida.
Joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida o'tkazilgan 21 uchrashuvdan so'ng, "Tottenxem" 36 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. “Shporlar” navbatdagi “Manchester Siti”ga qarshi bahs olib boradi. O'yin 5 fevral kuni Londonda bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268