La Liga klublari qishda bor yo'g'i 28,2 million evro sarflashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

La Ligada qishki transferlar oynasi sarhisobi e'lon qilindi.
2022/23 yilgi qishki transfer oynasida La Liga klublari jami 28,2 million evro sarfladi, bu o'tgan yilgi 78,8 million evrodan 64 foizga kam.
Ispan klublari yanvar oyida MLS klublari (58 million evro) va Argentina chempionatiga (34 million evro) qaraganda kamroq mablag' sarflashdi.
La Liga klublari jami 58 ta bitim tuzgan. Chempionatda eng ko'p pul sarflagan "Espanol" - 13,2 million evro. Ulardan keyin “Real Betis” (7 million) va “Jirona” (5 million) bormoqda.
Transfer daromadi o'tgan mavsumga nisbatan ikki baravar ko'payib, 42,9 million evroga etdi. Eng yiriklari Aleks Morenoning “Betis”dan “Aston Villa”ga sotilgani (13,5 million evro) va Joau Feliksning “Atletiko”dan “Chelsi”ga ijaraga berilishi (6 oyga 11 million evro) bo'ldi.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
238