"Manchester Siti" Saka bilan bog'liq vaziyatni kuzatishda davom etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 74

"Manchester Siti" klubi "Arsenal" hujumchisi Bukayo Sakani o'z safiga qo'shib olmoqchi. Biroq, “shahrliklar” bu kelishuvni qisqa muddatda amalga oshirish qiyin bo'lishini tushunishadi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
21 yoshli Saka "Arsenal" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2008 yildan beri London jamoasida to'p tepadi. Hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Saka JCh-2022 uchun Angliya terma jamoasiga chaqirilgan. Unda u to'rtta o'yin o'tkazib, raqib darvozasiga uchta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226