Azmun "Bayer"da qoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

"Bayer" hujumchisi Serdar Azmunning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Armand Durn mijozining kelajagi haqida gapirdi.
"Kelajak masalasiga kelsak, biz Serdarning transferi bo'yicha "Lokomotiv" bilan hech qachon bog'lanmaganmiz. Tushundimki, "Sochi" murabbiyi Azmunga qiziqish bildirishi mumkin, ammo u hozircha "Bayer"da qolmoqda", deya Durnning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda RB Sport.
Bundan tashqari, futbolchining vakili Azmunning "Marsel"ga o'tishi moliyaviy sabablarga ko'ra amalga oshmay qolganini, ammo klub so'nggi daqiqada yana bir futbolchini olib ketganini aytdi.
28 yoshli eronlik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 13 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265