La Liga "Barselona"ga qarshi chiqyapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

Xo'jalik sudi tegishli qaror chiqarganidan so'ng, "Barselona" Gavi bilan shartnomani rasmiylashtirishga muvaffaq bo'ldi. Biroq, bu hikoya hali tugamadi. AS xabariga ko'ra, La Liga xo'jalik sudi qarori ustidan shikoyat qilishga tayyorlanmoqda.
Agar La Liga apellyatsiyani yutib olsa, Gavi yana ro'yxatdan o'tmagan futbolchiga aylanadi. Bu holatda iqtidorli yarim himoyachi "Barselona"ni tark etishi mumkin bo'ladi.
Avvalroq La Liga moliyaviy shartlar bajarilmagani uchun "Barselona"ga Gavini ro'yxatdan o'tkazishdan bosh tortgandi.
18 yoshli Gavi "Barselona" asosiy tarkibida 75 ta o'yin o'tkazgan. Ularda yarim himoyachi uchta gol urdi va sheriklariga o'n bitta golli uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238