Dostonbek Otabolaev Shanxay Premer-ligasining finaliga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 594
Bugun Xitoyning Shanxay shahrida karate bo'yicha Premer-liga musobaqasi start oldi. E'tiborlisi, bugungi kun dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Dostonbek Otabolaev (-75 kg) final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
-75 kilogramm vazn toifasida jang qilgan vakilimiz final yo'lida Yaponiya, Vengriya, Misr va AQSh terma jamoasi vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. Oltin medal uchun kechadigan bahsda vakilimiz eronlik Bahman Asg'ari bilan ro'baro keladi.
Afsuski, boshqa vazn toifasida ishtirok etgan vakillarimiz medallar uchun kurashdan erta chiqib ketishdi. Ma'lumot uchun, Premer-liga musobaqasida g'alaba qozongan sportchi Tokio Olimpiadasi uchun 900 reyting ochkosiga ham ega bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!