O'zbekistonlik futbolchilar totalizatorda ishtirok etgani ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3011
O'zPFL V Pro-liga ishtirokchisi bo'lgan zarangari futbol klubi a'zolarining totalizatorda ishtirok etganidan shubhalanishni boshladi deya xabar bermoqda O'zPFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev so'zlariga tayanib Worldnews.uz axborot agentligi.
“Zarangari” futbol klubi bungacha V Pro-liganing 3–turidan joy olgan “Zomin”ga qarshi o'yiniga o'z vaqtida etib kelmagani uchun texnik mag'lubiyatga loyiq ko'rilgandi.
Mazkur klub bugun bo'lib o'tadigan “Orol”ga qarshi uchrashuvda ham ishtirok etmaydi. Reglamentga ko'ra, jamoa musobaqadan chetlashtirilishi kerak. Klub litsenziyasining qaytarib olinishi masalasi O'FA tegishli qo'mitasi tomonidan ko'rib chiqiladi.
Klub rasmiylarining O'zPFLga ma'lum qilishicha, 5-turdan o'rin olgan Navoiyning “Ittifoq” klubiga qarshi uchrashuvda bir qator futbolchilar totalizatorda ishtirok etgan. Shundan kelib chiqib, O'FA maxsus inspektsiyasi mazkur jamoalar ishini o'rganishni boshlaydi.
“Zarangari” klubidan ro'yxatdan o'tgan futbolchilar bu ish bo'yicha yakuniy xulosa chiqarilmaguniga qadar boshqa klublardan ro'yxatdan o'tkazilmasligi katta ehtimol”. deya yozadi Diyor Imomxo'jaev.