Xames: «Bavariya»ga omad tilayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 826
Kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges “Bavariya” muxlislari bilan xayrlashdi va jamoaga omad tiladi.
“Meni doim qo'llab-quvvatlab turgan jamoa va muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men bu erda ajoyib ikki yilni o'tkazdim. Shuningdek bu erda o'zimni o'yimdek his qildim. Bu erda ajoyib xotiralar qoldi. “Bavariya”ga kelajakda omad tilayman”, deydi Xames Rodriges.
Eslatib o'tamiz, Xames “Bavariya” safida ikki mavsum o'ynadi. Ikki mavsum mobaynida u 67ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol urdi va 20ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!