Infantino FIFA prezidentligiga qayta saylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 782
FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilotni navbatdagi 4 yil davomida boshqarishda davom etadigan bo'ldi.
Bugun Parijda bo'lib o'tgan FIFAning navbatdagi Kongressida Infantino yagona nomzod sifatida ro'yxatga olingan edi. Shu bois, u 2023 yilga qadar Xalqaro futbol assotsiatsiyalar federatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritadi.
FIFAning avvalgi prezidenti Yozef Blatter iste'foga chiqqanidan keyin UEFAning sobiq bosh kotibi 2016 yilning yanvar oyida tashkilot rahbarligiga ilk marta saylangan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!