Sof ahmoqlik
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 798
Xitoyning Chendu shahrida an'anaviy Panda Cup musobaqasi o'tkazildi. O'smirlar (U-17) jamoalari ishtirokidagi turnirda Janubiy Koreya termasi g'olib chiqdi.
Koreyalik o'smirlar 25-29 may kunlari guruh tizimi formati asosida tashkillashtirilgan musobaqada Tailand, Yangi Zelandiya va Xitoy termalarini mag'lubiyatga uchratishdi. Biroq g'alabani nishonlash payti Janubiy Koreya o'smirlar jamoasi futbolchilaridan biri kubokning ustiga oyog'ini qo'yib, suratga tushdi.
Bu holat Chendu futbol assotsiatsiyasiga yoqmadi va Osiyo futbol konfederatsiyasiga shikoyat yo'lladi. Shu tariqa Janubiy Koreya o'smirlar termasi sovrindan mahrum qilindi. Yakunda J.Koreya futbol assotsiatsiyasi rasmiy maktub yo'llab, tashkilotchilardan uzr so'radi, terma jamoa futbolchilari ham. Aniqrog'i, tashkilotchilarga futbolchilar boshlari egik holda uzr so'rashgan videoyozuv yuborildi.