“Zarangari” jamoasiga uchrashuvga etib kelmaganligi sabab texnik mag'lubiyat yozildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 403
Bugun, 4 iyun kuni B Pro-liga ishtirokchi jamoalari 9-tur uchrashuvlarini o'tkazishadi.
Tur doirasida “Zarangari” jamoasi Nukusda “Orol” klubi mehmoni bo'lishi lozim edi. Biroq mehmonlar mazkur uchrashuvga tashrif buyurishmadi. Natijada “Zarangari” jamoasiga texnik mag'lubiyat yozildi.
Qayd etish joiz, 3-tur doirasida “Zomin”ga qarshi bahsda ham “Zarangari” jamoasiga uchrashuvga belgilangan vaqtda etib kelmaganligi sababli texnik mag'lubiyat yozilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!