Mourino Kloppni qisman tan oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 656
«MYu» klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino «Liverpul»ning Evropa chempionlar ligasi kubogini qo'lga kiritishida Yurgen Kloppning hissasi katta ekanini ta'kidladi.
«G'olib bu g'olib. Yurgen nimasi bilandir meni hayron qoldirdi, deb ayta olmayman. Axir men uni anchadan beri taniyman. Har bir muvaffaqiyatsizlikdan keyin u taslim bo'lmadi va oldinga intilishda davom etdi. Klopp o'tgan mavsumda EChL finalida yutqazdi, Angliya kubogi va APLda «Manchester Siti»ga imkoniyatni boy berdi. Ammo u taslim bo'lmadi. Men uni jahonning eng kuchli murabbiyi deb ayta olmayman, ammo kuchlilardan biri», – dedi Mourino.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Mourino Klopp haqida: "Yurgen 4 yil davomida "Liverpul" bilan birorta sovrinni qo'lga kirita olmagan bo'lsa-da, uni iste'foga chiqarishmayapti", - degan mazmunda fikr bildirgan edi.