So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Humo arena»da xokkey bo'yicha xalqaro musobaqa start oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3795
Poytaxtimizda qad rostlagan “Humo arena” sport kompleksida xokkey bo'yicha xalqaro musobaqa boshlandi. 2008 yilgacha tug'ilgan bolalar o'rtasida o'tkazilayotgan mazkur turnirda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Latviyadan jami 5 jamoa g'oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Bugun mazkur turnirning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston xokkey federatsiyasi rahbariyati so'zga chiqib, musobaqaning yurtimizda xokkeyni rivojlantirishdagi ahamiyati va uning yuqori saviyada tashkillashtirilganiga alohida urg'u berib o'tishdi.
Reglamentga ko'ra, musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan “Tashkent siti” va “Binokor” jamoalari bugun 2 tadan bahs olib borishdi. Kun yakuni bo'yicha “Binokor” har ikkala uchrashuvda g'alaba qozonib, etakchilikni qo'lga oldi. Batafsil:
“Tashkent siti” – “Alg'a” (Qirg'iziston) 1:2
“Qaysar” (Qozog'iston) – “Binokor” 1:12
“Tashkent siti” – “Binokor” 1:4
Bugun “Qaysar” va “Alg'a” jamoalarini mag'lubiyatga uchratgan Latviyaning “Riga” jamoasi hisobida ham 2 ta g'alaba mavjud. Ertaga ikki etakchi “Binokor” hamda “Riga” jamoalari o'rtasidagi bellashuv kunning markaziy uchrashuvi bo'lishi shubhasiz.