So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Poytaxtimizda «Xalqaro velosiped kuni»ga bag'ishlab velomarafon o'tkazildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 725
3 iyun “Xalqaro velosiped kuni” kuni munosabati bilan bugun poytaxtimizda velosport bo'yicha marafon o'tkazildi. “Humo arena” sport majmuasining yonidan start olgan velomarafon poytaxtimizning “Beshyog'och”, “Furqat”, “Islom Karimov”, “Sharof Rashidov” va “Afrosiyob” ko'chalari bo'ylab jami 5 kilometr masofada tashkil qilindi.
“Bugun bizning sportimiz uchun bayram. Barchamiz “Xalqaro velosiped kuni”ni O'zbekistonda nishonlash uchun jam bo'ldik. Yurtimizda ushbu sportga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Joriy yilning aprel oyida Toshkent velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Mazkur musobaqada qatnashgan terma jamoamiz vakillari ko'plab medallarni qo'lga kiritishdi. Barchangizga sog'lik-salomatlik tilagan holda marafon ishtirokchilariga omad tilayman”, – dedi Tanzila Norboeva.
Musobaqa yakunida velosport kunida va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda qo'shgan xissasi uchun barcha ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi.