So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Xayrulla Hamidov maqolasi: «Hamma yo'llar Madridga olib boradi!»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 622
Quyosh so'ngach yulduzlar paydo bo'ladi odatda: "Real" uch yil qatorasiga EChL kubogini qo'lga kiritib turnirni o'ta qiziqarsiz qilib yuborgan ekan, bu yili sezildi -- oldingi yillardan farqli ravishda o'yini yorqin jamoalar ko'proq bo'ldi -- "Ayaks", "Tottenhem", "ManSiti", "Liverpul"...
Har biri turnir g'olibi bo'lishga arzirdi, gap yo'q. Ammo bu taxt bittasiga nasib etardi-da. Quyoshdan keyingi yulduzlar ichidagi eng porlog'i shu baxtga loyiq topilardi. Tan olaylik, bu masalada Klopp jamoasi boshqalarga qaraganda yorqinroq ko'rindi.
Pep Gvardiola davraviy tizimda benazir o'ynaydigan, biroq kubok o'yinlariga kelganda irodali futbolni unutadigan jamoalarni tuxum qo'ygandek yo'lida tashlab ketmoqda: "Barselona", "Bavariya", endi "Siti". Yurgen Klopp ispaniyalik mutaxassis uchun "yangi Maur" vazifasini o'tab beryapti: kubok bahslarida finalga oson boradi, davraviy tizimda 97 ochko olib-da birinchi bo'lolmaydi. "Bir kam dunyo" degan maqol aynan shu ikki murabbiyga mos tushsa, ajab emas.
Bu ikki daho o'rtasida Pochettino siymosi ham borki, uni bugun esdan chiqarishimiz insofdan bo'lmaydi. Argentinalik murabbiy "Tottenhem" uchun tarix yozdi. Oppoq qog'ozning ilk sahifasini qoralab berdi. London jamoasi yana finalga chiqadimi, yo'qmi, buni bilmaymiz, ammo Pochettino o'z faoliyatini yuqoriroq maskanlarda davom ettirishi kerak. O'shanda u aslida Klopp va Pepdan ustunligini-da isbotlashi mumkin. Kutamiz va nimagadir ishonamiz shunga.
Maqola avvalidagi gap: bugungi futbol quyoshi Madriddan chiqib, Madridda botadi.
Futbol vatani vakillari, endi yo'qolib ketmassizlar?!