So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
UEFAning «Yil murabbiylari» Shenol Gunesh va Ektor Kuper: bugun kimning qo'li baland keladi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 600
Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z tarixida birinchi marta Turkiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur ikki terma jamoani ikki mashhur murabbiy - Shenol Gunesh va Ektor Kuper boshqarmoqda.
Bu murabbiylar o'z faoliyatlari davomida qanday natijalarga erishgan? Keling, yodga olamiz.
Shenol Gunesh 67 yoshda. Faoliyati davomida "Beshiktosh", "Trabzonspor", "Antalyaspor" kabi Turkiyaning bir qator jamoalari, shuningdek, Janubiy Koreyaning "Seul" jamoasida ishlagan. Turkiya terma jamoasini avvaliga 2000-2004 yillar boshqargan, keyin joriy yil qaytadan bosh murabbiy sifatida tayinlangan.
"Trabzonspor" klubi bilan Turkiya vitse-chempionligiga erishgan, shuningdek, Turkiya Kubogi va Turkiya Superkubogini qo'lga kiritgan. "Beshiktosh"ni Turkiya chechmpioniga aylantirgan. 2007-2008 yilgi mavsumda Janubiy Koreyaning "Seul" jamoasi bilan kumush medallarga ega chiqqan.
Uning eng katta natijasi - 2002 yil Janubiy Koreya va Yaponiya mamlakatlarida bo'lib o'tgan Jahon chempionatida Turkiya terma jamoasi bilan bronza medallarini qo'lga kiritgani hisoblanadi. Mazkur natija uchun UEFA 2002 yil Shenol Guneshni "Yilning eng yaxshi murabbiyi" sifatida e'tirof etgan.
Ektor Kuper 63 yoshda bo'lib, u faoliyati davomida Argentina, Ispaniya, Gruziya, Gretsiya, Turkiya, BAA, Misr kabi mamlakatlarda murabbiy sifatida klub va terma jamoalarni boshqargan. Argentinaning "Lanus" jamoasi bilan 1996 yil KONMEBOL Kubogini qo'lga kiritgan. Ispaniyaning "Malorka" va "Valensiya" jamoalari bilan ikki marta Ispaniya Superkubogi sohibi bo'lgan. Italiyaning "Inter" jamoasiga mamlakatning kumush medallarini qo'lga kiritishda yordam bergan. Kuperning eng katta yutug'i sifatida 2000 va 2001 yillar "Valensiya" jamoasi bilan ikki marta ketma-ket Evropa chempionlar ligasi finaliga etib borgani qayd etiladi. Aynan mana shu natijasi uchun u 2000 yil UEFAda "Yil murabbiyi" sovriniga ega bo'lgan. 1999 yil Kuper Ispaniyada ham yil murabbiyi deb topilgan. Shuningdek, terma jamoamizni hozirda boshqarayotgan mutaxassis Misr terma jamoasini uzoq yillik tanaffusdan so'ng 2018 yilgi Jahon chempionatiga olib chiqqan murabbiy sifatida ham tarixdan joy olgan.
Ko'rib turganingizdek, bu ikki murabbiy o'z nomiga va o'z yutuqlariga ega. Har ikkisi ham Evropaning eng kuchli murabbiyi sifatida e'tirof etilgan. Umid qilib qolamizki, bugungi o'yinda Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz chiroyli va mazmunli o'yin namoyish qilib, muxlislarni xursand qilishadi!