So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Madrid politsiyasi «Tottenxem» muxlislarini do'pposladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 604
«Tottenxem» va «Liverpul» jamoalari o'rtasidagi Evropa chempionlar ligasi final bahsi oldidan Madrid politsiyasi 4 kishini hibsga oldi.
31 may, juma kuni kechasi shahardagi Puerta-del-Sol qahvaxonasida mojaro yuzaga kelgan. Internetda tarqalgan videoda ko'rinadiki, politsiya dubinka bilan qahvaxonaga kirib kelib, muxlislarni uradi.
Daily Mail tarqatgan xabarga ko'ra, huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari hech qanday sababsiz «Tottenxem»ning 50ga yaqin muxlislarini urgan. Ularning ko'pchiligi jarohat olgan.
«Madriddagi chempionlar ligasi final bahsi arafasida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida Buyuk Britaniyaning 4 fuqarosi politsiyaga hujum qilgani uchun hibsga olindi», – deyiladi politsiya matbuot xizmat tarqatgan bayonotda.
Qahvaxona xo'jayinining fikricha, "Tottenxem" muxlislari "Liverpul" fanatlari sha'niga haqorat so'zlarini aytishgan va baqirishgan. Shundan keyin ular politsiyani chaqirishgan, ammo politsiya haddan tashqari tajovuzkor harakat qilganini tasdiqlashdi.
"Shporlar" muxlislari esa boshqacha fikrda.
«Biz o'zaro hazillashib va kulishib turgan edik. Shunchaki «Tottenxem» haqida gaplashib turgan edik. Kutilmaganda ikki nafar politsiyachi bizga tashlandi va bizni dubinka bilan ura boshladi. Ular buni hech qanday sababsiz amalga oshirishdi. Ularning aqli joyida emas shekilli», – dedi muxlislardan biri.
«Tottenxem» – «Liverpul» o'yini bugun «Vanda Metropolitano» stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.