Inglizcha finalni o'tkazib yubormang!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 733
Bugungi bahsning atrofida va ichidagi statistik faktlar va qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishtirib o'tamiz.
Tarkiblar «Tottenhem» (tahminiy)
Loris, Tripper, Aldervereld, Vertonger, Rouz, Vanyama, Sissoko, Eriksen, Alli, Son Xyun Min
Savol ostida turganlar: Hariy Keyn
Tarkiblar «Liverpul» (tahminiy)
Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertoson, Fabino, Henderson, Veynaldum, Salah, Firmino, Mane
Savol ostida turganlar: Nabi Keyta
Final oldidan matbuot anjumida
Pochetino (Tottenxem)
- Eng asosiysi, erkin to'p surishimiz shart. Huddi 7 yoki 8 yoshimizda ko'chalarda to'p surgandek erkin o'ynashimiz zarur. Bizga milliadlab insonlar qarab turganini bir lahzaga unutishimiz va g'alaba qozonishimiz darkor! Biz futbol tarixiga kirmoqchimiz va bu uchun nimlar qilish zarurligini juda yaxshi bilamiz. Shu o'rinda uni qattiq hurmat qilishimni aytib o'tmoqchi edim. Sababi bu uning 3-finali va men uning oldida shlyapamni echaman!
Yurgen Klopp (Liverpul)
- Agarda men boy bergan finallarni olib qaralsa, ularda jamoalar ham vaziyat ham o'zgacha edi. Men so'nggi 6 ta finalni boy berganimni xotirlashim bilan biroz hayojonga tushaman. So'nggi 7 yil davomida yarim finallarga chiqish borasida rekord o'rnatgan bo'lsam kerak. Afsuski, bu borada kitob yozsamda uni hech kim harid qilmaydi. Sababi, chempionlik juda muhim va u mehnatning ta'mini totish imkonini beradi. Shunday ekan, biz finalda g'alaba qozonishimiz shart!
Statistika nima deydi?
«Liverpul» bugun chempionlikni qo'lga kiritsa, bu klub uchun 6-chempionlik bo'ladi va ular bu borada 3-o'ringa ko'tarilib olishadi. Ulardan oldinda «Milan» (7 ta chempionlik) va «Real Madrid» (13 ta chempionlik) klublari mavjud.
Jamoalar shu kunga qadar 170 ta uchrashuvda kuch sinashgan bo'lib, «Liverpul» ushbu uchrashuvlarning 79 tasida g'alaba qozongan. «Tottenhem» hisobida 48 ta g'alaba mavjud va 43 ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan.
Agarda Mane finalda gol kiritishni uddalasa, ikkita finalda gol kiritgan 8- futbolchiga aylanadi.
«Tottenhem» EChL finalida to'p surish nasib qilgan 40 klub bo'lib ularda eng nufuzli tunirning 23-g'olibi bo'lish imkoni mavjud.
Finaldagi asosiy qarama-qarshiliklar
Son Hyon Min – Trend Aleksander Arnold
Bejizga bu qarama-qarshilikka to'xtalib o'tmadik. Bu mavsumda Son Hyun Min «Tottenhem»ning yaqqol etakchisi ekanligi ko'rinib qoldi. U bu mavsumda hozircha 20 ta gol kiritdi va ko'plab hujumlarni boshlab bergani bilan ko'pchilikda ilq ta'surot uyg'otdi. Uni qanotida to'p suruvchi burchak to'pning otasi laqabi bilan mashxur bo'lib ketgan Trend himoyadan ko'ra hujumdagi ishlari bilan muxlislar e'tiborini qozonganini alohida qayt etgan bo'lar edim. Uning hisobida bu mavsumda 12 ta golli uzatma mavjud. Bu yil mart oyida bo'lgan to'qnashuvda «Liverpul» : «Tottenhem»ni 2 : 1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan va o'sha uchrashuvda Trend to'liq himoyada to'p surgan edi. Ko'ramiz, Klopp Songa qarshi Trenddan qanday foydalanar ekan?!
Henderson – Musa Sissoko
Bu futbolchilar to'qnashuvi katta ehtimiol bilan markazda kim hukumronlik qilishini hal qiladi desak, adashamagan bo'lamiz. Hozirda ikkala futbolchining jismoniy va ruhiy xolati bir hil. Ular maydon markazida to'p uchun kurashda, va jamoaning yangi hujumlarini boshlashda faol bo'lishlari talab etiladi. Final uchrashuvida bi ikkisidan qay biri kuchliroq o'yin namoyish etsa, ana o'sha futbolchining klubida markazni egallash uchun imkoniyat ko'payadi. Strategig qarama-qarshilik!
Trippe – Mane
Deni Rouzning sovuqqonligi va tajribasi tufayli «Liverpul» asosiy hujumlarini Trippening qanotidan uyushtirishi kutilmoqda. Bu vazifani Mane o'z bo'yniga olisa, ajab emas. Sababi, bu uning qanoti. «Man Siti»ga qarshi kechgan uchrashuvda Trippe Sterlingga qarshi qanotda hech narsa qila olmadi va ochqichasiga pozitsiyasini boy berdi. Trippe o'zi singari chaqqon va tezkor futbolchilarga qarshi personal futbol ko'rsata olmaydi. Finalda esa, uning raqibi APLdagi eng tezkor futbolchilardan biri, Sadio Mane ekanligini hisobga olsak, bu qarama-qarshilik ham ko'p narsani hal qilishi mumkin!