So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ayol hakam qarshisida odobsizlik qilgani uchun futboldan chetlashtirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2197
Italiya futbol federatsiyasi ayol hakam qarshisida shortisini echgan “Treporti” jamoasining 14 yoshli o'yinchisini futbol faoliyatidan chetlashtirdi.
Tutto Calcio Catania xabariga ko'ra, futbolchi surishtiruv ishlari yakuniga etmagunga qadar maydonga tushish huquqidan mahrum qilingan. Bundan tashqari, futbolchilarning ota-onalari ayol hakamni haqorat qilganliklari uchun “Treporti” klubi 100 evro miqdorida jarimaga tortilgan.
Kuni kecha Italiyaning “Treporti” va “Miraneze” o'smir jamoalari o'rtasidagi kechgan o'yinda janjal yuzaga keldi. 14 yoshli futbolchi burchak zarbasini amalga oshirayotgan vaqtda ayol hakam qarshida shortisini echdi. Bu ham kamlik qilgandan “Ko'raylikchi, meni o'yindan chetlatish uchun jasorating etarmikan”, deya qichqirgan. Ushbu xatti-harakati sababli o'yinchiga qizil kartochka ko'rsatildi. Bu esa futbolchilar ota-onalarining g'azabini qo'zg'adi.
O'yin davomida 20 yaqin “Treporti” o'yinchilarning ota-onalari hakamni haqorat qilishadi va qizga futbolning o'rniga fohishalik bilan shug'ullanishini taklif qilishadi.
Gazzettino ma'lumotiga qaraganda, mazkur o'yinga 22 yoshli Juliyu Nikastro hakamlik qilgan. Nikastroga ruhiy yordam ko'rsatilmoqda.