«Yuventus» prezidenti Sarri bilan uchrashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 740
Turinning “Yuventus” klubi prezidenti Andrea Anelli bugun Evropa Ligasi finalini tomosha qilish uchun Bakuga uchib keldi.
Tuttosport nashrining xabar berishicha, 43 yoshli menejer Ozarbayjon poytaxtida “ko'klar” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri bilan uchrashdi.
Anelli va Sarri o'rtasida kechgan suhbat qaysi mavzuda bo'lgani hozircha noma'lum. Avvalroq italiyalik mutaxassis “Yuventus”ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Chelsi” Sarrini 5,7 mln evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!