So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
MOQda ilmiy seminar bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 945
Barchaga ma'lumki, so'nggi yillarda sportning rivojlanib borishida nafaqat atletning tug'ma qobiliyati va mehnati, balki unga taqdim etiladigan oziq-ovqat, farmokologik vositalarning ham o'z o'rni bor. Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida atletlarimizni Tokio shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tibbiy-biologik jihatdan tayyorlash mavzusiga bag'ishlangan katta ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi. Mazkur yig'ilishda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbari va mutasaddi vakillari, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining professorlari, yurtimizda faoliyat olib boradigan sport federatsiyalar rahbariyati va shifokorlari, O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi vakillari ishtirok etishdi.
Seminarda so'zga chiqqan MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov sportchilarimizni Olimpiadaga tayyorlashda sohaning ne chog'lik muhim ahamiyat kasb etishi va tibbiyot markazining faoliyatiga alohida urg'u berib o'tdi.
“Tokio Olimpiadasiga juda oz vaqt qoldi. Buni har gal takrorlamoqdamiz. Shunday mas'uliyatni tushunib, ushbu seminarga kelganingiz yaxshi. Mana shunaqa imkoniyatlar yaratilganiga qaramasdan, negadir barcha federatsiyadagi terma jamoa vakillari tibbiy ko'rikdan o'tgani kelavermaydi. Bunday holat bo'lmasligi kerak. Axir bu imkoniyatlarning barchasi atletlarimiz uchun. Terma jamoa asosiy tarkibidagi sportchi 1 yilda kamida 2 marotaba tibbiy ko'rikdan o'tishi talab etiladi. Barchangizga ma'lum, hozirgi zamonda tibbiyot texnologiyalari rivojlanib, yuqori natijalar qayd etilishida farmokologik vositalarning o'rni ortib bormoqda. Bulardan to'g'ri foydalanish va sohani yangi bosqichga olib chiqishda bu kabi seminarlar katta yordam beradi”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.
Seminar davomida MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining professorlari o'z izlanishlari orqali jahon tajribalari asosida tayyorlangan taqdimotni yig'ilganlar e'tiboriga havola qilishdi. Ta'kidlash joiz, sportchi yuqori natijalar qayd etishida uning turli ratsionlar asosida kerakli ozuqa va vitaminlar bilan o'z vaqtida ta'minlanib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Seminar davomida shundan kelib chiqib, bu jihatlarga alohida e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlab o'tildi. Shuningdek, federatsiya shifokorlari ham o'z bilim va ko'nikmalaridan kelib chiqqan holda istiqbolli takliflarni kiritishdi.