JCh finalidan so'ng Messi va Mbappe liosining sotuvi 200 foizga oshdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening futbolkalari sotuvi 2022 yilgi jahon chempionati finalidan keyin o'sdi.
"PSJ"ning tijorat bo'limi hisobotida aytilishicha, jahon chempionati finalidan keyin bu raqamlar 200 foizga oshgan. L'Equipe ma'lumotlariga ko'ra, savdolarning 40 foizi AQSh buyurtmalariga to'g'ri keladi.
Argentina JCh-2022 finalida Frantsiyani penaltilar seriyasida 3:3, 4:2 hisobida mag'lub etdi. Ushbu uchrashuvda Messi ikkita gol urdi, Mbappe esa xet-trik qayd etdi. Final bahsida Anxel Di Mariya ham gol urdi.
Messi turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, Mbappe esa eng yaxshi to'purarga aylandi.
Argentina terma jamoasi o'z tarixida uchinchi marta jahon chempioni bo'ldi. Avvalroq argentinaliklar 1978 va 1986 yillarda chempionlikni qo'lga kiritishgan.

Bosh sahifaga
211