Mirjalol Qosimov: «Rahbariyatdan iste'fo so'rayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 518
“Paxtakor” – AGMK uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagicha fikr bildirib o'tdi.
"Nechanchi o'yindirki, birinchi bo'limni u qadar muvaffaqiyatli o'tkaza olmayapmiz. Uydagi bir qator o'yinlarda, safarda ham birinchi bo'limda umuman o'yinimiz qovushmadi.
Qolaversa, ko'plab o'yinlarning dastlabki 15 daqiqasida o'z darvozamizdan gol o'tkazib yuboryapmiz. Buni statistika ham ko'rsatib turibdi. Bugun “Paxtakor” jamoasi haqli tarzda g'alaba qozondi. Nimagadir o'yinimiz barqaror ko'rinish olmayapti. Rahbariyatdan iste'fo so'rayman, - dedi mutaxassis.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!