«Bavariya» – Germaniya Kubogi sohibi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 891

Germaniya Kubogi finalidan o'rin olgan "RB Leyptsig" – "Bavariya" uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi. “Olimpiyashtadion”da kechgan bahsda myunxenliklarning qo'li baland keldi.
Shu tariqa, “Bavariya” Germaniya Kubogidan ham g'olib bo'ldi va “Oltin dubl”ni qayd etdi. O'tgan haftada jamoa Bundesliganing so'nggi turida chempionlikni qo'lga kiritgan edi.
Germaniya Kubogi, final
RB Leyptsig – Bavariya 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 29 Levandovski, 0:2 – 78 Koman, 0:3 – 85 Levandovski.
RB Leyptsig – Gulachi, Konate (Aydara, 82), Xalstenberg, Klostermann, Orban (Upamekano, 70), Zabittser, Adams (Laymer, 65), Forsberg, Kampl, Poulsen, Verner.
Bavariya – Noyer, Zyule, Alaba, Kimmix, Xummels, Gnabri (Robben, 73), Alkantara, Martines (Tolisso, 65), Koman (Riberi, 87), Myuller, Levandovski.
Ogohlantirishlar: Upamekano (82), Levandovski (86).

Bosh sahifaga
186