Namanganda slalom bo'yicha Respublika ochiq kubogi start oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 682

23-26 may kunlari Namanganda slalomda eshkak eshish bo'yicha Respublika ochiq kubogi bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada Samarqand, Toshkent, Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlaridan 10 ta jamoasi tarkibida 120 nafar yoshlar ishtirok etishmoqda.

Reglamentga ko'ra, musobaqa maxsus slalom, tezkor tushish va jamoaviy yo'nalishda tashkil etildi.
Mazkur turnir orqali yoshlar terma jamoasi uchun zaxira nomzodlarni saralab olish rejalashtirilgan.
Musobaqa 26 mayga qadar davom etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191