Shohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 868

Professional boksda o'zining o'n ettinchi jangini o'tkazishga tayyorlanayotgan bokschimiz Shohjahon Ergashev 9 iyun kuni ringga ko'tariladi. Rossiya poytaxtida tashkil etiladigan jangda Shohjahonga puerto-rikolik Danielito Zorrilla raqiblik qiladi. Danielito shu paytgacha 11 bor ringga ko'tarilgan va barchasida g'alabaga erishgan. Janglarning 9 tasida esa raqiblarini nokautga uchratgan. Ta'kidlash joiz, avvalroq bokschimiz amerikalik charm qo'lqop ustasiga qarshi bahs olib borishi haqida aytgandi. Biroq kelishuv amalga oshmagach, ushbu raqib varianti munosib ko'rildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
152