Ter Shtegen Ispaniya kubogi finalida maydonga tushmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1333

«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen o'ng oyog'ining tizzasidan olgan jarohatidan hal to'liq forig' bo'lmadi. Shu bois, u Ispaniya Qiroli kubogi finalida maydonga tusha olmaydi.
Germaniyalik posbon navbatdagi bir necha hafta davomida davolanish kursini davom ettiradi. 27 yoshli darvozabon ushbu mavsumda 49ta o'yinda maydonga tushdi va ishonchli harakatlari bilan ajralib turdi.
"Barselona" va "Valensiya" o'rtasidagi Ispaniya kubogi finali ertaga, 25 may kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186