Iguain "Yuventus"ga qaytib, Ronaldu bilan birga to'p surmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 692

"Chelsi"da ijarada o'ynayotgan "Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain turinliklar safiga qaytishni istamoqda, deya xabar beradi Tuttosport.
Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchi yana Krishtianu Ronaldu bilan juftlikda o'ynamoqchi. Bu futbolchilar "Real"da birga to'p surganlar.
Avvalroq, "Chelsi" mavsum yakuniga etgach, Iguainni "Yuventus"ga qaytarmoqchi ekani xabar qilingan edi. Klublar o'rtasida tuzilgan ijara shartnomasida ijara muddati yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bor, "Chelsi" bundan foydalanmoqchi emas.
Iguain aprel oyida londonliklar safida qolmoqchi ekanini aytgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175