"Liverpul" ushbu mavsum uchun APLdan 152 mln funt oladi, chempion "Man Siti" esa - 150 mln
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 750

Angliya premer-ligasi mavsum yakunlari bo'yicha klublarga to'lanadigan pul miqdorini e'lon qildi.
"Liverpul" hammadan ko'p - 152 mln funt oladi. Ikkinchi o'rida "Manchester Siti", unga 150,9 mln funt tegadi.
Kuchli beshlikdan "Chelsi" (£ 146 mln), "Tottenhem Xotspur" (£ 145,2 mln) va "Manchester Yunayted" (£ 142,5 mln) kabi klublar joy oldilar.
Hammadan kam ulush tekkan klub - "Xaddersfild" bo'ldi. Jadvalda oxirgi o'rinni olgan bu jamoaga 96 mln funt tegdi.
Ta'kidlash joiz, Angliya televideniesi jonli efirda ko'proq "Liverpul" o'yinlarini olib ko'rsatdi - 29. Ikkinchi o'rinda "MYu" (27), keyin "Man Siti" va "Tottenhem" - (26tadan o'yin).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
177