«Dinamo» - «Qizilqum» uchrashuvida «Saratondan soyabon bo'l» xayriya aktsiyasi o'tkaziladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 562

Coca-Cola Superliga 10-turi doirasidagi «Dinamo» - «Qizilqum» uchrashuvida PFL tashabbusi bilan «Dinamo» klubi tomonidan o'tkazilayotgan “Saratondan soyabon bo'l” xayriya aktsiyasi o'tkaziladi. Caraton kasali bilan og'rigan bolakaylar stadionda bo'lib, futbol uchrashuvi jarayonlarida ishtirok etishadi.
Shu kuni stadion kirish eshiklari oldida xayriya qutilari o'rnatilib, saxovatpesha muxlislar muqaddas Ramazon oyida og'ir hastalik bilan kurash olib borayotgan bolakaylar uchun moddiy yordam qo'llarini cho'zishlari mumkin.
Quyida 3 nafar bemor uchun ochilgan plastik kartochka hisob raqami keltirilgan. Xayriya aktsiyasida ishtirok eting va saraton kasalligi bilan kurashayotgan bolakaylarni qo'llab, soyabon bo'ling! Hayot va mehrga tashna bolakaylarga mehrimizni darig' tutmaylik!


Bosh sahifaga
177