«Yuventus» turkiyalik himoyachi bilan shartnoma imzolashga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1024

“Yuventus” “Sassuolo”ning turkiyalik himoyachisi Merix Demiralga qiziqib qoldi. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, tomonlar ayni damda futbolchining transferi borasida muzokara o'tkazishmoqda. “Yuventus” 21 yoshli futbolchi uchun 15 million evro to'lashga tayyor. Turinliklar u bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Demiral “Sassuolo” safida 33ta o'yinda ishtirok etib, 3ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
177