O'zbek avtomobili – «RAVON» Rossiyada g'alaba keltirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1408

Rossiya Federatsiyasining Bogorodsk shahri yaqinida joylashgan “Nijniy Novgorod xalqasi” poyga yo'lida Rossiya "Xalqa" chempionatining navbatdagi bosqichi o'tkazildi. Unda "RAVON Racing Team" jamoasi o'zining ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. “RAVON Racing Team” jamoasi poygaga maxsus tayyorlangan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ikkita "Ravon Nexia R3" avtomobillarida “Akademiya ralli”, “S-logistik”, “Suvar motorsport” kabi nomdor jamoalar bilan raqobatlashdi. Keskin va murosasiz o'tgan poygada "Ravon Nexia R3"ni boshqargan Efim Gantmaxer “Turing layt” klassining etakchisi, tajribali poygachi, 5 karra Rossiya chempioni Vladimir Cherevandan g'alabani ilib ketdi. Eslatib o'tamiz, “RAVON Racing Team” avtomobillari Samara shahrida joylashgan “TEAM80 Motorsport Engineering” injenerlari tomonidan poyga uchun maxsus tayyorlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194