Ilgiz Tantashev U-20 Jahon chempionatidan o'rin olgan Urugvay - Norvegiya o'yinida ishlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 675

Bugun Polshada 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionati boshlanishidan xabaringiz bor.
Mazkur musobaqadan o'rin olgan Meksika - Italiya o'yinida hamyurtimiz Farhod Abdullaev hakam nazoratchisi sifatida faoliyat yuritishi haqida ma'lumot berib o'tgandik. Jahon chempionati 1-turidan o'rin olgan Urugvay - Norvegiya o'yinida yana bir hamyurtimiz Ilgiz Tantashev to'rtinchi hakam sifatida ishlaydi. O'yin ertaga 24 may kuni Lodz shahridagi "Vidzeva" stadionida bo'lib o'tadi. U-20 Jahon chempionati "S" guruhi Urugvay - Norvegiya Bosh murabbiy: Ismoil Elfat (AQSh) Referi assistenti: Kayl Atkins (AQSh) Referi assistenti: Korey Parker (AQSh) To'rtinchi hakam: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston) Hakam nazoratchisi: Neyl Polos (Solomon or.)
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203