Turkiya - O'zbekiston uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar guruhi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1078

Xabaringiz bor, joriy yilning 2 iyun kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi safarda Turkiyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
Mazkur uchrashuvni serbiyalik Srdjan Yovanovich boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Laynsmenlar Urosh Stoykovich va Milan Mixaylovich. To'rtinchi hakam Turkiyadan - Xalil Umut Meler.
O'yin 2 iyun kuni "Alanya" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
O'rtoqlik o'yini
2 iyun, "Alanya" stadioni
Turkiya - O'zbekiston
Bosh hakam: Srdjan Yovanovich (Serbiya)
Yon hakamlar: Urosh Stoykovich va Milan Mixaylovich (Serbiya)
To'rtinchi hakam: Xalil Umut Meler (Turkiya)
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200