Terri Chempionship klubini boshqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 927

Taniqli angliyalik futbolchi Jon Terri murabbiylik faoliyatini boshlashi mumkin.
TalkSport nashrining xabariga ko'ra, 38 yoshli Terri xizmatiga “Midlsbro” klubi qiziqib qolgan. Avvalroq, “Midlsbro” bosh murabbiyi Toni Pyulisni iste'foga chiqargan edi.
Eslatib o'tamiz, “Midlsbro” joriy mavsum Chempionshipni 7-o'rinda yakunladi.
Ma'lumot uchun, 2018 yildan buyon Terri “Aston Villa” bosh murabbiyi Dina Smitning yordamchisi bo'lib ishlab kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211