"Chelsi" "Brayton" yulduzi bilan muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89

"Chelsi" "Brayton" yarim himoyachisi Leandro Trossardni qo'lga kiritish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi Daily Mail.
Yanvar oyida "ko'klar" uchun Trossard bo'yicha kelishuvga erishish oson bo'lmaydi va ayni damda 27 yoshli belgiyalik futbolchining mavsum yakunlangach, "chag'alaylar"ni tark etishi ehtimoli katta.
27 yoshli futbolchi 2019 yildan beri "Brayton"da o'ynab kelmoqda. 2022/23 yilgi mavsumda u Premer-ligada 13 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.
Trossardning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, hozirda "Chelsi"ga "Brayton"ning sobiq ustozi Grem Potter ustozlik qilmoqda.