«Manchester Yunayted» Rakitichning transferi ustida ishlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 651

«Barselona» yarim himoyachisi Ivan Rakitich faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin.
Daily Record tarqatgan xabarga ko'ra, mankunianliklar 31 yoshli futbolchining transferi borasida ish olib borishmoqda. "MYu" Rakitich uchun 55 million evro taklif qilishi mumkin.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar xorvatiyalik futbolchini sotishga qarshi emas. Boisi, yangi futbolchilarni sotib olishi uchun "ko'k-anorranglilar"ga pul kerak.
Ivan Rakitich ushbu mavsumda «Barselona» safida barcha musobaqalar doirasida 53ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 10ta golga uzatma berdi. Yarim himoyachi «Barselona» safida 2014 yildan beri o'ynamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
155