Messi opasi bilan birga yangi biznesga qo'l urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3708

"Barselona" sardori Lionel Messi yangi "Leo Messi Management" biznesiga qo'l urdi.
Futbolchi o'z brendi ostida kiyimlar ishlab chiqaradi. Messiga bu borada taniqli dizayner Tommi Xilfigerning singlisi Jinni yordam beradi. U "MGO" kompaniyasining direktori hisoblanadi.
Biznesda, shuningdek, Messining opasi Mariya Sol ham ishtirok etadi.
Messi ishlab chiqaradigan kiyimlar sport uslubida va, asosan, erkaklar uchun mo'ljallangan bo'ladi. Dastlabki namunalar 2019 yilning iyulida sotuvga chiqadi. Liboslarni "The Messi Store" onlayn-do'konidan xarid qilish mumkin bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
155