Breaking! Samvel Babayan yana bosh murabbiy sifatida ish boshlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 903

Toshkentning «Lokomotiv» klubi murabbiylar shtabida o'zgarish bo'lishi kutilmoqda.
Tribuna.uz manbasi ma'lumot berishicha, «temiryo'lchilar» rahbariyati bosh murabbiy Andrey Fyodorovni iste'foga chiqarishga qaror qilgan. Uning o'rniga klub prezidentining maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Samvel Babayan tayinlanishi kutilmoqda.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, Fyodorov kecha, OChL guruh bosqichining so'nggi turi doirasida Toshkentda «Ar-Rayyan»ga qarshi kechgan o'yindan keyin (3:2) lavozimidan ozod etilishi mo'ljallangan, ammo iste'fo noma'lum sababga ko'ra kechiktirilgan.
Andrey Fyodorov bir yil oldin, 2018 yil aprel oyida Andrey Miklyaev o'rniga «Lokomotiv» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
142