Tankredi Palmeri: "Konte "Inter" bilan shartnoma imzoladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 678

Antonio Konte "Inter" bosh murabbiyi bo'ladi, deya yozadi italiyalik taniqli jurnalist Tankredi Palmeri.
Manbada yozilishicha, 49 yoshli mutaxassis "neradzurri" bilan dastlabki shartnomaga imzo chekdi, unga ko'ra, Konte yiliga 10 mln evro maosh oladi.
Xabarda aytilishicha, kelasi seshanba 28 may kuni imzolanadigan rasmiy shartnomaning muddati hozircha aniq emas.
Eslatib o'tamiz, Kontening avvalgi jamoasi "Chelsi" bo'lgan edi. Londonliklar bilan 2016 yilda ish boshlagan mutaxassis o'sha mavsumda Angliya chempioni bo'lgan edi. Ammo bir yildan so'ng iste'foga chiqarilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182