OChL. «Lokomotiv» irodali g'alabaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 620

Osiyo chempionlar ligasining 6-turi doirasida "Lokomotiv" o'z maydonida Qatarning "Ar-Rayyan" klubini qabul qilib, irodali g'alabani qo'lga kiritdi.
O'yinning boshidayoq "temiryo'lchilar" posboni Ma'mur Ikromov qo'pol xatoga yo'l qo'yib, jarima maydonchasi ichida turgan raqib futbolchisiga to'pni "sovg'a" qildi. Tabata esa 12 metrlardan kuchli zarba bilan darvozani ishg'ol qildi.
O'tkazib yuborilgan goldan keyin toshkentliklar hujumlar tashkil qilishdi, ammo qatarliklarning qarshi hujumlari xavfli tus ola boshladi. O'yinning 22-daqiqasiga kelib esa Gonsalo Viera "Lokomotiv" darvozasini ishg'ol qilib, hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirib qo'ydi.
Uchrashuvning 35-daqiqasida mezbonlar chiroyli hujum tashkil qilishdi. Chiroyli uzatma natijasida Sardor Mirzaev yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va darvozani zabt etdi.
Ikkinchi bo'limning ilk daqiqalaridagi mezbonlar tomonidan uyushtirilgan hujum o'z samarasini berdi: Temurxo'ja Abduxoliqov hisobni tenglashtirdi.
Hujumkorlikni susaytirmagan "Lokomotiv" 61-daqiqaga kelib hisobda oldinga chiqib oldi. O'ng qanotdan Arslonmurot Amonov etkazib bergan uzatmani ABduxoliqov yaqin masofadan darvozaga joylab qo'ydi.
Qolgan daqiqalarda ustunlik "Loko" tomonida bo'ldi va Fyodorov shogirdlari g'alabani ushlab qolishdi. Ushbu g'alaba tufayli "temiryo'lchilar" 7 ochko bilan "V" guruhini 3-o'rinda yakunlashdi.
OChL, "V" guruhi, 6-tur.
“LOKOMOTIV” – "AR-RAYYaN" - 3:2 (1:2)
Gollar: Sardor Mirzaev (35), Temurxo'ja Abduxoliqov (47, 61) — Tabata (1), Gonsalo Viera (22)
"Lokomotiv": Ma'mur Ikromov, Oleg Zoteev, Islom To'xtaxo'jaev, Anzur Ismoilov, Shuhrat Muhammadiev, Azizbek Haydarov, Diyor Turopov, Arslanmurat Amanov, Sardor Mirzaev, Husniddin G'ofurov, Temurxo'ja Abduxoliqov.
"Ar-Rayyan": Fahad Yunus, Ahmad el-Sayid, Muhammad al-Ayldin, Gonsalo Viera, Muhammad Juma, Daniel Goumu, Muhammad Sayyor, Germin Rivas, Rodrigo Tabata, Lukka, Sebastyan Soriya

Bosh sahifaga
183