Mbappe: «Messi – «Oltin to'p» uchun kurashda favorit»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1578

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe «Barselona» sardori Lionel Messini «Oltin to'p» uchun kurashda asosiy favorit deb hisoblamoqda.
Argentinalik futbolchi faoliyati davomida 5 marta —2009, 2010, 2011, 2012 va 2015 yillarda jahonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
«Messi – «Oltin to'p» uchun kurashda eng asosiy favorit. "Barselona" Evropa chempionlar ligasidan chiqib ketgani hech narsani anglatmaydi. U — barcha jihatdan birinchi raqamli futbolchi.
Lionel ushbu mavsumda eng yaxshi o'yinchi ekanini namoyish etdi. Yil dekabr oyiga qadar davom etsa-da, men Messi uchun xavotir olayotganim yo'q. U ham dekabrga qadar yuqori saviyada o'ynaydi», – dedi Mbappe.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187