«Chelsi» Jiru bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 796

«Chelsi» klubi hujumchi Olive Jiru bilan shartnomani uzaytirdi. Kelishuvga ko'ra, frantsiyalik futbolchi 2020 yilning iyun oyiga qadar Londonda qoladi.
«Yangi shartnoma imzolaganimdan xursandman. Men haqiqatan ham jamoada hech bo'lmasa yana bir yil qolishni istagandim. Eng boshidanoq o'zimni bu jamoaning, bu oilaning bir bo'lagi ekanimni his qilgandim. Umid qilaman, "Chelsi"da ko'p sovrinlarni qo'lga kiritaman», – dedi Jiru.
Jiru 2018 yilning yanvar oyida «Arsenal»dan «Chelsi»ga o'tgandi. Hujumchi londonliklar safida 62ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urdi va 11ta golga uzatma berdi. O'tgan mavsumda u "ko'klar" bilan Angliya kubogida g'olib chiqdi.
31 yoshli Jiru va «Ayntraxt» hujumchisi Luka Yovich Evropa ligasining ushbu mavsumidagi eng yaxshi to'purar (10 gol) bo'lib turibdi. Mauritsio Sarri jamoasi 29 may kuni musobaqa finalida «Arsenal»ga qarshi bahs olib boradi.

Bosh sahifaga
183