Rasman: Mxitaryan Evropa ligasi finalida o'ynamaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 894

"Arsenal" klubi jamoa yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryanning Evropa ligasi finalida "Chelsi"ga qarshi maydonga tushmasligini rasman e'lon qildi.
"Genrix Mxitaryanning jamoa bilan Evropa ligasi finaliga bormasligidan juda xafamiz.
Biz barcha variantlarni diqaat bilan o'rganib chiqdik, ammo Miki va uning oilasi bilan muhokma qilganimizdan so'ng u jamoa bilan Bokuga bormasligi borasida bir qarorga keldik.
Biz bu borada UEFAga ma'lum qildik. Miki finalgacha bo'lgan yo'limizda hal qiluvchi rolni o'ynagan edi, jamoa nuqtai nazaridan bu katta yo'qotish.
Biz afsusdamiz - shunday o'yinchi bu kabi vaziyatda juda muhim o'yinni - evrokubok finalini o'tkazib yuboradi. Bunday holatlar futbolchi faoliyatida juda kam uchraydi.
Miki jamoa mashg'ulotlarida qatnashishda davom etmoqda", - deyiladi bayonotda.
Eslatib o'tamiz, Tog'li Qorabog' hududi sababli Ozarboyjon va Armaniston o'rtasida munosabatlar yomon. Mxitaryan mustaqil, ammo yuridik jihatdan Ozarboyjonga tegishli bo'lgan bu hududga tashrif buyurgan.
Mxitaryan shu sabab bilan avvalroq Evropa ligasida "Qorabog'" bilan o'yinni o'tkazib yuborgan. 2015 yilda "Gabala" bilan o'yinga ham bormagan.

Bosh sahifaga
196