Ronaldu «Yuventus»dan ketishiga sha'ma qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1364
52
Italiya «A seriya»sidagi «Atalanta» bilan bo'lgan bahsdan so'ng Ronaldu mahalliy «Cacho Merkato» nashriga kichik, ammo o'ta qiziqarli intervyu berdi. Biz esa saytimiz mushtariylari uchun ushbu intervyuni tarjima qildik.
“Bu ajoyib mavsum bo'ldi. Bir-biridan qiziq va shiddatli futbol uchrashuvlarini bizga taqdim etgan murosasiz mavsum o'z yakuniga etganidan biroz xafa ham bo'ldim. «Yuventus» klubi men uchun juda katta tajriba maktabi bo'ldi. Bu erda juda ko'p narsalarni o'rgandim. Shu jumladan yangi chempionatga ko'nikib ketishni ham. Bu men uchun futboldagi eng muhim omillardan biri! Bu mavsumdagi ba'zi o'yinlarni juda yuqori tempda o'tkazdik. Ba'zilarini esa juda hunuk yakunladik. Shunday bo'lsada, Turin mening qalbimda qoladi. Sababi, bu erda ajoyib jamoadoshlar, mehribon klub rahbarlari va hech kimga o'xshamaydigan futbol muxlislari bor. Ayniqsa, «Atletiko»ga qarshi kechgan javob uchrashuvidagi fantastik o'yinni hech qachon yodimdan chiqarmasam kerak. Men Italiya chempioni va «Super Kubogi» sohibi bo'ldim. Albatta bu bilan to'xtab qolmoqchimasman. Ayni daqiqalarda men bilan yangi marralarni zabt etishda elkama-elka turgan do'stlarimga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Shu joyda bu tarixni yakunlasam, adolatdan bo'ladi. Endi navbat yangi tarix yaratishga!”
Aynan ushbu intervyudan so'ng Ronaldu o'z Tvitterida ochiqchasiga Madridga qaytishiga sha'ma qilgan holda shahar ko'chalarining suratini joylashtirgancha rasmga «Uyga qaytadigan vaqt bo'ldi» deya izoh qoldirdi.


Bosh sahifaga
191