Xavi faoliyatidagi eng so'nggi o'yinni o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1082

Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi doirasidagi so'nggi o'yinda Qatarning «As-Sadd» klubi safarda «Persepolis» mehmoni bo'lib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Dohaliklar sardori Xaver Ernandes o'yin davomida to'liq harakat qildi. Bu 39 yoshli futbolchi uchun faoliyatidagi eng oxirgi bahs bo'ldi.
Xavi "Barselona"dagi 17 yillik faoliyatidan so'ng 2015 yilning iyul oyida "As-Sadd" safiga o'tgandi. U faoliyati davomida jami 25ta sovrinni qo'lga kiritdi. Jumladan, Xavi 8 marta Ispaniya chempionligi va 4 marta Evropa chempionlar ligasi g'olibligiga ega chiqqan.
Xavi Ispaniya terma jamoasi safida JCh-2010 hamda Evro-2008 va Evro-2012da g'olib chiqqan. 2010 va 2011 yilgi "Oltin to'p" uchun kurashda futbolchi kuchli uchlikka kirgan.

Bosh sahifaga
193