Anchelotti: "Shaxtyor"ga qarshi yaxshi o'ynamaganimizni bilamiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 76

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti EChL 4-turi doirasida “Shaxtyor”ga qarshi kechgan durang (1:1) haqida fikr bildirdi.
“Biz yaxshi o'ynamadik, jamoam hech qachon taslim bo'lmadi. Biz uchun yomon oqshomda 1/8 finalga chiqdik va buning o'zi yaxshi. "Shaxtyor" o'yin tizimini o'zgartirdi: himoyadan hujumga o'tishlarimiz davomida futbolchilar to'pni o'zida saqlab qolishga muvaffaq bo'lishdi, shu maydon bo'ylab o'ynashga (keng o'ynashga) to'g'ri keldi. Biroq bu taktika bizga ish bermadi, gol urishi esa muammolarimizni yanada kuchaytirdi.
Biz unchalik yaxshi o'ynamaganimizdan xabardormiz. Ammo biz taslim bo'lmaymiz va endi bor e'tiborimizni jismoniy tiklanishga qaratamiz, keyin esa guruhda birinchi o'rinni egallashga harakat qilamiz”, — deya Anchelottidan iqtibos keltirgan UEFA matbuot xizmati.

Bosh sahifaga
278