Anri Mbappega maslahat berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

Afsonaviy frantsuz futbolchisi Terri Anri Kilian Mbappening "PSJ"dagi roli haqida gapirdi.
“Men o'zimdan misol keltiraman. "Barselona"da uzoq o'ynashni so'rashlari menga yoqmasdi. Men buni yomon ko'rardim, lekin jamoa manfaati uchun shunday harakat qilishim kerak edi.
Bitta qoida bor: murabbiy sizdan biror narsa qilishni so'rasa, bu harakat jamoa uchun foydali bo'lsa, buni qilishingiz shart.
Aks holda siz janjallashib qolasiz. Shu jumladan, Mbappe ham barcha qoidalarga rioya qilishi zarur”, - deydi Anri.
Eslatib o'tamiz, bugungi kunda Mbappening qishda «PSJ»ni tark etish istagi haqida juda ko'p mish-mishlar tarqaldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
274