Konte Premer-liganing eng ko'p maosh oluvchi murabbiyiga aylanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83

"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte bilan shartnomani uzaytirishga tayyor, deb yozadi football365.
Nashrning yozishicha, tomonlar yaqin vaqt ichida yangi kelishuv bo'yicha kelishib olmoqchi.
Agar mutaxassis yangilangan shartnoma imzolasa, u Premer-liganing eng ko'p maosh oluvchi murabbiyiga aylanishi mumkin. Uning maoshi yiliga 23 million evrogacha oshadi.
Italiyalikning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
"Tottenxem" 20 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207