Anchelotti Kurtuaning "Barselona"ga qarshi o'yindagi ishtiroki haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua Ispaniya chempionati 9-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkinligini aytdi.
"Ayni damda asosiy vazifamiz futbolchilarni tiklash. O'yinchilar rotatsiyaga turlicha munosabatda bo'lishadi, lekin ular buni ijobiy qabul qilishadi. Bizda birorta ham jarohatlangan yo'qotgan futbolchi yo'q. Kurtuaga kelsak, u allaqachon o'zini yaxshi his qilmoqda", - deya Anchelotti so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
"Real Madrid" - "Barselona" uchrashuvi 16 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 19:15da boshlanadi. 8 turdan keyin Madrid va Kataloniya klublari hisobida 22 ochkodan bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184